“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 23:43
ЎЗO‘Z

Islom Karimov haykali loyihasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari e’lon qilindi

26 apr, 07:21 7 600 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islom Karimov haykali loyihasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari e’lon qilindi O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali loyihasini yaratish bo‘yicha Xalqaro badiiy tanlov ishtirokchilari va g‘oliblariga diplomlar hamda sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlov tashkilotchilari bilan birga ushbu xayrli ishda faol qatnashgan haykaltaroshlar ham ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tanlovning barcha ishtirokchi hamda g‘oliblarini samimiy qutlab, eng munosib ishlarni aniqlash juda qiyin bo‘lganini ta’kidladi.

Shuningdek u haykaltaroshlar oldida ulkan vazifalar turganini alohida qayd etdi. A.Nur barcha haykaltaroshlarni kelgusida Sh.Rashidov, A.Oripov, O.Sharafiddinov, S.Ahmad va S.Zunnunova, M.Yusuf haykallarini yaratish bo‘yicha tanlovlarda faol qatnashishga chaqirdi.

Xalqaro badiiy tanlov yakunlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’ati taqdim qildi. Mustaqil komissiya bu yo‘nalishda katta ishlar qilib, o‘z xulosasini bayon etdi.

Tanlov g‘olibi, Ilhom Jabborov asari

Tanlovda aksariyat ovozlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin - yosh haykaltarosh Jasvand Annazarovga, uchinchi o‘rin esa - To‘lagan Tojixo‘jaevga nasib etdi. Barcha g‘oliblarga mukofot pullari topshiriladi. Shuningdek rag‘batlantiruvchi sovg‘alar egalari ham pul bilan mukofotlanadi. Bular - Yorqulov To‘lagan, Axmetzyanov Farit, shuningdek janubiy koreyalik haykaltaroshlar Kang Chul Xi, Li Chong An va Chung Yung Su.

Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.












Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 0
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 1
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 135
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 141
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 29
  • Bo‘limlar