“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:20
ЎЗO‘Z

Olmazorda yangi sanoat zonasi tashkil etiladi. Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishdi

21 apr, 23:07 6 545 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olmazorda yangi sanoat zonasi tashkil etiladi. Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishdi Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi «Oniks Toshkent» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, korxona Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, bir sutkada 20 tonna natriy-kalsiylik zamonaviy shisha idishlar ishlab chiqaradi. Evropaning etakchi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan korxonada 200 kishi mehnat qiladi.

Prezidentimiz korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbariga 2017-2018 yillarda Olmazor tumanining sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ko‘rsatildi. Unda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlardan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev tumandagi bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, ular bazasida zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

«O‘zsanoatqurilishbank» , «Asakabank», Xalq banki, Milliy bank, «Ipoteka-bank», «Ipak yo‘li» banklari tomonidan Olmazor tumanida ishga tushirilayotgan yangi loyihalarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. «Art vud grup» MChJ tomonidan yog‘och mahsulotlaridan LDSP va LMDF ishlab chiqarish loyihasi shulardan biri. Korxona mahsulotlaridan zamonaviy mebel va buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. «Ijod-ijod» xususiy korxonasi sopol buyumlar, Euroasia Alliance Teks MChJ dag‘al ip gazlama, «Stanko Stroitel» MChJ metall va yog‘ochga ishlov beradigan dastgohlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

«Inter kapital» MChJga qarashli bo‘lgan bino va inshootlarda dori vositalari ishlab chiqarish, «Galenika» MChJda esa yiliga 60 dan ortiq turdagi 225 million dona tabletka, kapsula, sashe va boshqa import o‘rnini bosuvchi dori vositalari ishlab chiqariladi.

Prezidentimiz mazkur loyihalarni ishga tushirish muddati va yaratiladigan ish o‘rinlari bilan qiziqdi.

Loyihalarda qurilish materiallari, yog‘och, metall, polisterolbeton plitalari, oynani qayta ishlash, maxsus ishchi kiyimlari, qandolatchilik mahsulotlari, tibbiyot buyumlari, non va non mahsulotlari, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 89
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 0
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • Bo‘limlar