“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:39
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

14 apr, 14:33 7 723 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Islom Karimov ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bu borada izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, maqbara granit va marmar bilan qoplanadi, naqshlar bilan bezatiladi, Qur’on oyatlari bitiladi. Ziyoratchilar uchun ayvon, keksalar uchun liftlar bunyod etiladi.

Davlat rahbari ushbu maqbara loyihasi bilan tanishdi. Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Zinalarni pasaytirish, majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Islom Karimov mustaqilligimizga, xalqimizning farovon hayotiga asos solgan, ma’naviyatimizni tiklagan buyuk inson edi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Majmuada Birinchi Prezidentimizning buyukligi, pok iymon-e’tiqodi, sermazmun hayoti aks etishi kerak. Shu majmua timsolida Islom Karimovga bo‘lgan mehr-muhabbatimizni, milliy o‘zligimizni ko‘rsatishimiz zarur.

Davlat rahbari O‘zbekiston Birinchi Prezidenti maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Maqbaraga monand ziyoratchilar uchun baland ayvonlar bunyod etish, rasmiy delegasiyalar uchun ham keng sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar