“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:04
ЎЗO‘Z

Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytiriladi

14 apr, 09:42 6 540 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytiriladi 2017 yil 30 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining 1-majlisi bo‘lib o‘tgan. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan va joylarga ishni tashkillashtirish bilan bog‘liq hujjatlar yuborildi. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Erkin Yo‘ldoshev ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ushbu komissiya qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida ham Korrupsiyaga qarshi kurash idoralararo komissiyasining tarkibi shakllantirildi va ish rejasining loyihasi ishlab chiqildi. Komissiyaning birinchi yig‘ilishi shu yilning 20 apreliga qadar o‘tkazilib, unda komissiyaning shaxsiy tarkibi va ish rejasi tasdiqlanadi.

2017-1018 yillarda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar aholi o‘rtasida, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari, yoshlar bilan bilan o‘tkaziladigan bo‘lishi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha moliya, statistika, bojxona, ichki ishlar, prokuratura, sud va yana ko‘plab sohalar vakillaridan iborat maqsadli guruhlar shakllanlantirildi. Bu guruhlar, soliq va valyutaga oid qonunbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, davlat organlari, bank, nazorat tekshiruv, tadbirkorlik faoliyati, nodavlat tashkilotlari bojxona amaliyoti sohalarida korrupsiyaga murosasizlik muhitini shakllantirish bilan bog‘liq tizimli faoliyatni amalga oshirishi rejalashtirilmoqda.

Davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning o‘zida korrupsiya holatlariga murosasizlik muhitini barqaror shakllantirish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Prokuratura, soliq, bojxona, ichki ishlar va boshqa davlat idoralari safida ham korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan yot unsurlar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Bu jarayonda oshkoralikni ta’minlash va ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qilish vazifalariga jiddiy yondoshilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar