“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:16
ЎЗO‘Z

Bo‘stonliq tumanidagi ekologik aksiya doirasida 150 tup turli mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi

11 apr, 09:51 8 209 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bo‘stonliq tumanidagi ekologik aksiya doirasida 150 tup turli mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani «Xumson» qishloq fuqarolar yig‘inida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti va tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan ekologik aksiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zAga asoslanib "Daryo.uz" nashri.
O‘zbekiston Ekologik harakati, Medical-Express jurnali va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan aksiyada Ekoharakat va uning «Yoshlar qanoti» faollari, shifokorlar, fermerlar, OAV xodimlari ishtirok etdi.

«Aksiyada ekologik muammolarning oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilishning yanada samarali choralarini ishlab chiqish, sanoat korxonalarini modernizasiya qilish, kam chiqitli texnologiyalarni joriy etish kabi mavzularda suhbatlar bo‘lib o‘tdi, — dedi O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasining hududiy bo‘limlar va faollar bilan ishlash guruhi rahbari Sh.Azizov. — Agrar soha mutaxassislarining bog‘dorchilikni rivojlantirish, xususan, intensiv bog‘larni tomchilatib sug‘orish, parvarishlash, bu borada hududda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqidagi ma’ruzalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi».

Aksiya doirasida «Akmal — Nargis — Abbos» fermer xo‘jaligining er maydoniga 150 dan ortiq tup turli mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, yarim gektarlik yangi bog‘ barpo etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar