“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:37
ЎЗO‘Z

Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir o‘tkazildi

09 apr, 19:49 6 864 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir o‘tkazildi 9 aprel, yakshanba kuni Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda parlament a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zAga asoslanib "Daryo.uz" nashri.
Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi Nozim Habibullaev, tarix fanlari doktori Shohista O‘ljaeva, publisist Baxtiyor Haydarov va boshqalar Amir Temur o‘z vaqtida Osiyo va Evropada ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, dunyo sivilizasiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk bunyodkor bo‘lganini ta’kidladi.

Evrosiyo hududida ulkan saltanat barpo qilgan Amir Temur shaxsi va faoliyatiga qiziqish xalqaro maydonda tobora ortib bormoqda. U haqda sharq va g‘arb tillarida 1,5 mingdan ortiq asar bitilgan. Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘zbek va ingliz tillarida amerikalik mashhur shoir Edgar Allan Poning «Buyuk Temur» dostonidan parcha o‘qidi. Talabalar Amir Temur va temuriylar davridagi liboslarni namoyish qildi.

Buyuk Sohibqiron haykali poyiga gullar qo‘yildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov ishtirok etdi.

Shu kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida «Amir Temur davrida bog‘ yaratish san’ati» deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

Bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatda bo‘lib o‘tmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 516
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar