“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:12
ЎЗO‘Z

Toshkentda yangicha hisoblagichlarni joriy etish bo‘yicha sinov loyiha amalga oshiriladi

08 apr, 10:52 6 096 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda yangicha hisoblagichlarni joriy etish bo‘yicha sinov loyiha amalga oshiriladi Toshkentdagi uylardan birida turar joy-kommunal xo‘jalik sohasidagi sinov loyihasi doirasida sovuq va issiq suv, issiqlik, gaz, elektr energiyasi hisobini yurituvchi yagona dasturiy mahsulotga birlashtirilgan smart-hisoblagichlar o‘rnatiladi. Bu haqda chorshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda poytaxt hokimiyati Hududiy kommunal-ekspluatasiya birlashmasi (HKEB) Iqtisodiyot va investisiya departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Bekmirzaev xabar qildi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

«Toshkentning Yakkasaroy tumani Boshliq mavzesidagi 29-uydan 20 ta xonadon tanlab olindi, — dedi u. — Ularning har birida sovuq va issiq suv, elektr energiyasi, gaz va batareyaga hisoblagich o‘rnatiladi. Ularning barchasi yarim yil davomida «aylanuvchi"yagona dasturga birlashtiriladi».

Tizim to‘laqonli ishga tushirilganidan so‘ng qarzdorlikni tekshirish zaruriyati yo‘qoladi, iste’molchi va kommunal xizmatlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarga barham beriladi, deya qayd etdi Oybek Bekmirzaev. Abonent mobil telefoni orqali hisob raqami balansi haqida bilishi va zarurat tug‘ilganida uni to‘ldirishi mumkin. To‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda kompyuter avtomat ravishda xizmatlarni o‘chirib qo‘yadi.

HKEB vakilining «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, innovasion loyiha uning ishtirokchilarining shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Smart-hisoblagichlar Janubiy Koreyadagi hamkorlar tomonidan etkazib beriladi. Dasturiy ta’minot esa Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida loyiha tashabbuskorlari tomonidan ishlab chiqilmoqda.

«Kerakli uskunalar etkazilgan va bojxona nazoratidan o‘tmoqda. Janubiy Koreya va O‘zbekiston mutaxassislari ishga kirishishga tayyor», — deya ta’kidladi Oybek Bekmirzaev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar