“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:12
ЎЗO‘Z

Peterburg terakti effekti. Toshkent metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

07 apr, 08:42 6 517 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Peterburg terakti effekti. Toshkent metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri metro bekatida sodir etilgan portlashdan so‘ng, Toshkent metropolitenida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qilindi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston IIV rahbariyati shaxsan metro bekatlarining har birini ko‘zdan kechirgan va xavfsizlik hamda qo‘riqlash xizmati sifati bilan bevosita tanishgan. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda metroning barcha bekatlariga kirish joylarida milisiya xodimlari yo‘lovchilarni temir topgich vositalar bilan ko‘zdan kechirishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda bekatlarning har biri temir topgich maxsus romlar o‘rnatish masalasi ham o‘rganilmoqda. Toshkent shahar hokimligi va IIBB bilan hamkorlikda bu masala tez kunlarda o‘z echimini topishi aytildi.

Brifingda ishtirok etgan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Erkin Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, terrorizmga qarshi kurash masalasiga nafaqat Toshkent shahrida, balki Respublikaning barcha hududlarida bir necha yillardan buyon jiddiy e’tibor qaratiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar bu borada o‘z mas’uliyatlarini his qilgan holda ish olib bormoqda.

Ma’lumki, 3 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg metrosi bekatida portlash ro‘y bergan, buning oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar