“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 11:51
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev Medvedev bilan uchrashuvda: Terrorizm chegara bilmas xavf, unga qarshi birlashish lozim

05 apr, 20:39 5 713 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev Medvedev bilan uchrashuvda: Terrorizm chegara bilmas xavf, unga qarshi birlashish lozim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Bu haqda "O‘zA"ga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.

Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federasiyasiga tashrifidan minnatdor ekanligini bildirdi.

«O‘zbekiston Rossiyaning eng ishonchli hamkorlaridan biri. Ikki davlat turli sohalarda ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda. Sizning tashrifingiz davomida juda katta loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan. Men tashrifingiz samarali bo‘ladi va ikki do‘st davlatning hamkorligida yangi sahifa ochiladi, deb ishonaman», dedi Dmitriy Medvedev.

«Sankt-Peterburgda ro‘y bergan mash’um voqea munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qilgaysiz. Terrorizm chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident ushbu tashrif o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

«Bugungi muloqotlarimiz ko‘p sohalardagi hamkorligimizda yangi davrni boshlab berishiga ishonaman», – degan Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 554
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 0
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 0
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • Bo‘limlar