“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:54
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi 11 nafar madaniyat xodimiga yangi uy kalitlarini topshirdi

03 apr, 22:05 7 890 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi 11 nafar madaniyat xodimiga yangi uy kalitlarini topshirdi O‘zbekiston Madaniyat vazirligining tizim tashkilotlari xodimlari oilalariga mo‘ljallangan 11 xonadonning kalitlari o‘z egalariga topshirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligining axborot xizmatiga tayanib Daryo.uz xabar bermoqda.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda O‘zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi xodimlariga Yunusobod tumanining 17-mavzesidan xonalari soni bittadan to‘rttagacha bo‘lgan bepul turar joylar ajratildi.

Yangi uylar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri dirijyori Bobomurod Xudoyqulov, balet artistlari Ulug‘bek Olimov, Zamir Fazlutov, Nodira Hamroyeva, direktor o‘rinbosari Oybek Bahodirov, opera solistlari Rustam Alimardonov, Nosir Yusupov, Ma’suma Boltaboyeva, Shirin Mamatova, «Tumor» raqs ansambli bosh baletmeysteri Charos Jo‘raboyeva, O‘zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasidan esa »Navro‘z» ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Zarina Ahmedovaga taqdim etildi.

«Xizmat uylari berilishida xodimlarning mehnat jamoalaridagi faoliyati, yashash sharoitlari, fuqarolar yig‘ini, ish joylaridan taqdim etilgan tavsiyanomalar hamda boshqa barcha holatlar inobatga olindi», — deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 15 fevraldagi farmoniga muvofiq, Madaniyat vazirligi tashkil etilgan edi. 24 fevral kuni Mahmud Muratov madaniyat vaziri etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi. Bungacha u Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga direktorlik qilib kelayotgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar