“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:14
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev 4 aprel tongida Moskvaga uchib ketadi

03 apr, 15:25 7 023 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev 4 aprel tongida Moskvaga uchib ketadi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga ko‘ra 4 va 5 aprel kunlarida Moskvada bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘zbekiston rahbari Vladimir Putin bilan 5 aprel kuni uchrashadi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilinadi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashadilar. Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston—Rossiya munosabatlarini izchillik bilan rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar, tijorat shartnomalari va boshqa qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Bundan oldinroq manba Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi 5 aprel kuni amalga oshirilishi haqida xabar bergandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar