“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:47
ЎЗO‘Z

Bankda hisobvaraq ochish uchun ta’sis hujjatlari talab etilmaydi

28 mar, 14:37 6 390 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bankda hisobvaraq ochish uchun ta’sis hujjatlari talab etilmaydi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ–2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (ro‘yxat raqami 1948-12, 2017 yil 24 mart) bilan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjatdan ulgurji savdo korxonalari – yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari milliy valyutadagi asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarini ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi banklarda (ularning filiallarida) ochishi kerakligi to‘g‘risidagi talab chiqarib tashlandi.

Endilikda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar (shu jumladan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar), yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari hisobvaraqlar ochish uchun bankka davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini, shuningdek ta’sis hujjatlarining nusxalarini (notarial tasdiqlangan nusxalarini) taqdim etishi shart emas. Banklar ushbu ma’lumotlarni «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi»dan oladi.

Shuningdek belgilanishicha, hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi arizaga muhr u mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘yiladi.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 1 apreldan kuchga kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 532
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar