“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:00
ЎЗO‘Z

Yangi «Boqiy Buxoro» erkin turistik zonasida bepul Wi-Fi tizimi yaratiladi

27 mar, 00:38 9 499 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi «Boqiy Buxoro» erkin turistik zonasida bepul Wi-Fi tizimi yaratiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017—2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik imkoniyatlarini jadallik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi taqdim etildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Loyihaga binoan shaharda «Boqiy Buxoro» nomli erkin turistik zona yaratiladi. Ushbu zona va shaharning tarixiy qismida aholi uchun bepul Wi-Fi tizimi yaratiladi.

Sayyohlik mavsumida Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi poezdlar reyslarining hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tashqi va ichki reyslarining soni oshirilishi taklif etilmoqda.

Buxoroni «Tabarruk Buxoro — muqaddas Islom markazi» shiori ostida noyob shahar-muzey, Sharq marvaridi sifatida targ‘ib qilish rejalashtirilmoqda.

Yilda bir marotaba Buxoroda Ibn Sino merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tibbiyot sohasidagi eng yaxshi ilmiy ish uchun Ibn Sino mukofoti topshiriladi. Bundan tashqari, har yili «Buxoro kuni», «Ipak va ziravorlar», «Buxoro qovunlari» festivallari tashkil etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar