“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:40
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

20 mar, 18:34 12 610 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston halqiga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi. Tabrikning to‘liq qismi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Aziz vatandoshlar!

Ona diyorimizga, barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan, kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni, chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Muhtaram do‘stlar!

Bu yilgi Navro‘z bayrami, barcha shahar va qishloqlarimizda, umumxalq sayillari tarzida o‘tayotgani, unga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishlamoqda.

Navro‘z ruhi va falsafasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning g‘oya va maqsadlari bilan uyg‘un va hamohang ravishda namoyon bo‘lmoqda.

El-yurtimizdagi aziz insonlar bir-birlarini qutlab, dala va qirlar, bog‘ va maydonlarda Navro‘z bayramini shodu xurramlik bilan nishonlamoqdalar. Doshqozonlarda sumalaklar pishirib, dasturxonlarga bahor ne’matlarini tortib, sayil-tomoshalar qilmoqdalar. Shu yorug‘ kunlarga etkazgani uchun shukronalar aytmoqda.

O‘zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugun fidoyi dehqon va fermerlarimiz katta orzu-umid bilan yangi mavsumni boshlamoqdalar. Barchamiz ularni chin dildan tabriklab, yilimiz qutlug‘ kelsin, hosilimiz mo‘l bo‘lsin, deb eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

Navro‘zi olam Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayramdir.

Bugun biz yurtimizda mana shunday qutlug‘ bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini, uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik hamda ravnaq tilaymiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, o‘zimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to‘y-tomoshalar ko‘p bo‘lsin!

Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin!

Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Navro‘z bayrami, barchamizga muborak bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti






Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 513
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar