“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:07
ЎЗO‘Z

Navro‘z bayramida transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ma’lum qilindi

19 mar, 12:33 7 515 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Navro‘z bayramida transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ma’lum qilindi Navro‘z bayrami kuni Toshkent shahrida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

2017 yil 19 mart kuni soat 21-00 dan bayram tadbirlari tugagunga qadar:
- Labzak ko‘chasi – Zulfiyaxonim ko‘chasidan A.Qodiriy ko‘chasigacha;
- Qorasaroy ko‘chasi – A.Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha;

2017 yil 20 mart kuni soat 06-00dan 16-00gacha:
- A.Qodiriy ko‘chasi – Sebzor ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasigacha;
- Zarqaynar ko‘chasi – A.Qodiriy ko‘chasidan Sag‘bon ko‘chasigacha (“Zarqaynar” supermarketiga);

2017 yil 21 mart kuni soat 06-00dan 21-00gacha:
- A.Qodiriy ko‘chasi – Sebzor ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasigacha;
- Zarqaynar ko‘chasi – A.Qodiriy ko‘chasidan Sag‘bon ko‘chasigacha (“Zarqaynar” supermarketiga);

Shuningdek, 2017 yilning 21 mart kuni bayram tadbirlari o‘tkaziladigan O‘zbekiston milliy bog‘i, Xadra maydoni, Ibn Sino guzari, M.Ulug‘bek bog‘i, G‘.G‘ulom bog‘i, Kamolot bog‘i, “Grin park” oromgohi, Bog‘ishamol bog‘i, Temiryo‘lchilar bog‘i, Lokomotiv bog‘i, Furqat bog‘i, Nurashfon bog‘i, Aviasozlar saroyi, Quyoshcha nuri bog‘i, Xayvonot bog‘i, Do‘stlik bog‘i, Bobur bog‘i, Baynalminal madaniyat markaziga tutash ko‘chalarda va boshqa ko‘chalarda xalq sayili vaqtida vaziyat toqazo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Sharoit toqazo etganda boshqa ko‘chalarda ham qisqa muddatga transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar