“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:07
ЎЗO‘Z

2015 yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi

05 dek, 19:43 16 412 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2015 yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi 2015 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Kun.uz». 5 dekabr, juma kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» Xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Konstitusiyasining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2014 yil sarhisobi to‘g‘risida nutq so‘zlagan.

Konstitusiya kuniga bag‘ishlangan marosimda, shuningdek, 2015 yilning nomi e’lon qilindi. Prezident tashabbusi bilan keyingi yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi. 2014 yil esa «Sog‘lom bola yili» nomi ostida o‘tgan edi.

O‘zbekistonda 1997 yildan beri har bir yilga, jamiyat hayotining alohida sohalarida chuqurlashtirilgan o‘zgarishlar, islohotlarni amalga oshirish maqsadida, nom berilib kelinadi. 1997 yil «Inson manfaatlari yili» deb e’lon qilingan bo‘lsa, XXI asrgacha bo‘lgan yillar «Oila yili» (1998), «Ayollar yili» (1999), «Sog‘lom avlod yili» (2000) deb e’lon qilingan.

2001 yil «Onalar va bolalar yili», 2002 yil «Qariyalarni qadrlash yili», 2003 yil «Obod mahalla yili», 2004 yil «Mehr-muruvvat yili», 2005 yil «Sihat-salomatlik yili», 2006 yil «Homiylar va shifokorlar yili», 2007 yil «Ijtimoiy himoya yili», 2008 yil «Yoshlar yili», 2009 yil «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili», 2010 yil «Barkamol avlod yili», 2011 yil «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili», 2012 yil «Mustahkam oila yili», 2013 yil esa «Obod turmush yili» deb e’lon qilingan edi.

foto: Kun




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 102
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 109
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar