“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:22
ЎЗO‘Z

Oqsaroyda O‘zbekistonning yuksak mukofotlari o‘z egalariga topshirildi

05 dek, 18:53 9 251 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oqsaroyda O‘zbekistonning yuksak mukofotlari o‘z egalariga topshirildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5 dekabr kuni Oqsaroyda bir guruh fuqarolarga O‘zbekistonning yuksak mukofotlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi'ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Davlat rahbarining farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi arafasida O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga katta hissa qo‘shgan, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini yanada mustahkamlashda fidoyilik ko‘rsatgan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan bir guruh fuqarolar davlat mukofotlari — faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Oqsaroyda 5 dekabr kuni ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘ldi.

«Avvalambor, siz, azizlar bilan bugun mana shunday yaxshi kayfiyatda shu muhtasham zalda ko‘rishganimdan, sizlarga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishdan xursandman, — dedi Islom Karimov. — Sizlarga ma’lumki, odatga aylanib qolgan an’anaga ko‘ra, har yili Konstitusiya kuni arafasida Vatanimizning yuksak unvon, orden va medallariga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashib, ularni shu buyuk sana bilan tabriklash, ana shu mukofotlarni topshirishni o‘zim uchun haqiqatan ham katta sharaf, deb bilaman.

Shu bilan birga, siz, azizlar qatori davlat mukofotlari bilan taqdirlangan barcha vatandoshlarimni g‘oyibona bo‘lsa ham bag‘rimga bosib, muborakbod etish menga chuqur mamnuniyat etkazadi, quvonchimga quvonch bag‘ishlaydi.

Biz jahondagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini oshirish, xalqaro maydonda Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirish kabi oliy maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Ana shu yo‘lda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, belimizni mahkam bog‘lab, oldimizga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirish, marralarni egallashga barcha kuchimizni safarbar qilishga intilmoqdamiz», — dedi Prezident.

So‘ngra Prezidentimiz davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

«Bugun sizlarning har biringiz uchun haqiqatan ham unutilmas kun, qutlug‘ ayyom, – dedi Islom Karimov. — Vatanimizning sizlarga berilgan nufuzli mukofotlari xalqimiz, davlatimizning barchangizga bildirgan yuksak ishonchidan, oliyjanob mehnatingiz munosib qadr topganidan dalolat beradi.

Vatanimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha-barcha yurtdoshlarimizga, siz, azizlarga aytadigan tabrik va tilaklarim: bunday yuksak unvon, orden va medallar hammangizga buyursin, yangi yutuq va omadlar, baxt, sog‘lik-salomatlik, fayz-u baraka keltirsin. Yurtimiz, elimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin».

Foto: ouzbekistan.fr




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar