“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:26
ЎЗO‘Z

Oliy Majlisning 4 deputati vakolati muddatidan avval tugatildi

12 mar, 08:51 7 440 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy Majlisning 4 deputati vakolati muddatidan avval tugatildi O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining to‘rt nafar deputati vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida qarorlar qabul qilgan. Hujjatlar matni MSK saytida e’lon qilingan.

Jumladan, 42-Kosonsoy saylov okrugidan saylangan Sobitxon Turg‘unov O‘zbekiston Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan deputatlik vakolati muddatidan avval tugatilgan.

18-Izboskan saylov okrugidan saylangan Alisher Shodmonov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning Oliy Majlis deputati vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

128-Sanoat saylov okrugidan saylangan Rustam Komilov O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi. 44 yoshli Komilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, 66-Yangier saylov okrugidan saylangan Dilfuza O‘rolova Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 532
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar