“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 14:59
ЎЗO‘Z

Toshkentda 31 maktab va 5 kollej o‘quvchilari “Siniy kit” o‘yini ishtirokchilari

09 mar, 22:08 8 888 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda 31 maktab va 5 kollej o‘quvchilari “Siniy kit” o‘yini ishtirokchilari Bugungi kunda yoshlar va voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik, eng achinarlisi, ularning Internet ijtimoiy tarmoqlarida ommalashib borayotgan “Siniy kit” va boshqa shu kabi o‘z joniga qasd qilish darajasigacha olib boruvchi o‘yinlarga kirib ketayotganligi barchani tashvishga solmoqda.

Toshkent shahar ichki ishlar idoralari tomonidan olib borilayotgan “Davomat” tadbirlari davomida har bir o‘quvchi-yoshlarning uyali telefon apparati tekshirilganda, 31 ta maktab va 5 ta kollej o‘quvchilari “SINIY KIT” o‘yini ishtirokchilariga aylanganligi aniqlandi. Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan matbuot brifingida IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev shu haqda ma’lum qildi, deb yozadi Kun nashri.

Bu kabi o‘yinlarga ilakishib qolgan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi, ularga malakali psixologlar biriktirilib, kuzatuv ostiga olindi. Hozirgi kunda barcha voyaga etmaganlar o‘rtasida bunday salbiy holatlarning oldini olish borasida barcha ta’lim muassasalarida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ta’lim muassasalaridagi davomadlar, o‘quvchi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini o‘zlashtirib borish holatini o‘rganish maqsadida, poytaxt hududidagi 322 ta maktablardan 26 tasida, 78 ta kollej va 41 ta liseylardan 18 tasida “Davomat” tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, 9 mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida bo‘lib o‘tgan profilaktika tadbirlarida Kun.uz sayti muxbiri ham bevosita ishtirok etdi. Jumladan, Yashnobod tumani “Mehmonxona xo‘jaligi” kollejida o‘tkazilgan “Davomat” tadbiri guvohi bo‘ldi.

Ammo, ta’lim muassasalarining o‘quvchi yoshlari, ularning ota-onalari o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish va profilaktika tadbirlariga qaramasdan 217 nafar maktab, 306 nafar kollej, 27 nafar lisey o‘quvchilari turli sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlandi.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, 69 ta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar o‘tkazildi, 27 nafar ota-onalarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 140
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 20
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 41
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 48
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 52
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 33
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 184
  • Bo‘limlar