“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:02
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Kaspiy va Qora dengizlarga Turkmaniston orqali chiqadi

07 mar, 17:20 7 665 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Kaspiy va Qora dengizlarga Turkmaniston orqali chiqadi Ashxoboddagi ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng, OAV vakillari oldida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmanistan Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilayotganini ta’kidladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy Osiyo, Evropa va Yaqin Sharq transport tizimlarini birlashtirish imkonini beruvchi kuchli va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida hamkorlik davom ettirilishini qayd etdi.

Shu jumladan, Turkmanistonning O‘zbekiston—Turkmaniston—Kaspiy dengizi—Janubiy Kavkaz yo‘nalishida koridor yaratish bo‘yicha hamjihatlikda ish olib borishga tayyorligi ma’lum qilindi. Mazkur koridor orqali Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa davlatlarning Qora dengizdagi portlariga chiqish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston ishtirokchisi bo‘lgan Markaziy Osiyodan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga transport va tranzit xalqaro koridorini yaratish to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirishda faol hamkorlik olib borish bo‘yicha kelishib olindi. Mazkur besh tomonli Bitim 2011 yil Ashxobodda imzolangan.

Avvalroq 6 mart kuni Ashxoboddagi muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida xabar berilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar