“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:43
ЎЗO‘Z

10 ming so‘mlik banknotlar 10 martdan boshlab muomalaga chiqariladi

03 mar, 19:10 18 031 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
10 ming so‘mlik banknotlar 10 martdan boshlab muomalaga chiqariladi 10 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 10 ming so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Yangi banknotlar, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Qiymati 10 ming so‘m bo‘lgan pul belgilari 144×78 mm o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan. Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston gerbi va «10000» raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida «darcha» va 3D effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o‘tkazilgan.

Banknot old tomonining yuqori qismida «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI» yozuvi mavjud. Chap qismida naqshinkor elementlar fonida O‘zbekiston gerbi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida ettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

Naqshinkor ramkaning o‘ng va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek gerbning o‘ng tarafida «10000» raqami tasvirlangan bo‘lib, banknotning qiymatini bildiradi. Gerbning o‘ng tarafidagi «10000» raqami ustiga yirik harflar bilan «SO‘M» so‘zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida banknot qiymati so‘z bilan «O‘N MING» ko‘rsatilgan.

Naqshinkor ramkaning pastki qismida «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART» yozuvi joylashgan.

Banknotning to‘q ko‘k rangli naqshinkor ramkasi, «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI» yozuvi, gerb, o‘ng va chap tomondagi «10000» raqamlari bo‘rtib turadi, ushlab ko‘rilganda seziladi.

Oq rangli sathda joylashgan «10000» raqami tepasida banknotning nomeri va seriyasi takror ko‘rsatilgan.

Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini o‘zgartiruvchi va ushlab ko‘rilganda bilinadigan bo‘rtib turuvchi, tilla-bronza rangli sakkiz qirrali naqsh mavjud.

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil: «2017» ko‘rsatilgan.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko‘rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida ko‘k va binafsha rangda ishlangan naqshinkor bezaklar joylashgan bo‘lib, pastki bezak ustida «10000» raqami aks ettirilgan.

Banknotning markazida Oliy Majlis Senati me’moriy binosi, bino gumbazining tepasida O‘zbekiston Respublikasining rangli bayrog‘i tasvirlangan.

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o‘tuvchi «10000» va «SO‘M» yozuvlari mavjud bo‘lib, ularning tepasida banknotning qiymati so‘z bilan «O‘N MING» ko‘rsatilgan.

Pastki qismida «O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI» matni joylashgan.

Ushbu matnning ikki tomonida «10000» raqamlari, shuningdek banknotning eng yuqori qismida «O‘N MING SO‘M» yozuvi aks ettirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 87
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 101
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar