“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:09
ЎЗO‘Z

Olmaota va Toshkent o‘rtasida tezyurar poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

24 fev, 23:08 7 296 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olmaota va Toshkent o‘rtasida tezyurar poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin 23 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 16-Hukumatlararo yig‘ilishda Ochilboy Ramatov O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan aloqalarni rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri transport-tranzit tizimi ekanligini alohida qayd etdi.

"Biz bu yo‘nalishda bugungi Hukumatlararo yig‘ilish doirasida do‘stlik tranzitida o‘zaro manfaatli, imtiyozli sharoitlarni yaratishga kelishib olishni maqsad qilganmiz", - dedi O.Ramatov.

"Kun" nashrining xabar berishicha, O‘zbekiston Qozog‘iston hududiga optik tolalar, meva va sabzavotlar, mineral o‘g‘itlar, rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlarini etkazish taklifini berdi. O‘z o‘rnida, Qozog‘istondan don mahsulotlarini qabul qilish imkonini ko‘rib chiqilishi qayd etildi.

O.Ramatov yaqin vaqt ichida Toshkent-Samarqand yo‘nalishini Qozog‘istonning Maktaaral tumani orqali bog‘lovchi M-39 avtoyo‘lini ochish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid bildirdi. Shuningdek Qozog‘iston tomonning transport sohasidagi yangi takliflarini, xususan, Olmaota-Toshkent o‘rtasida tezyurar poezdlar va avtobuslarni yo‘lga qo‘yish masalasini diqqat bilan o‘rganib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar