“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:51
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi yong‘inda 16 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi

23 fev, 22:08 6 429 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi yong‘inda 16 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi 23 fevral kuni Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan kuchli yong‘in natijasida 16 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

16:36 da Toshkent shahar IIBB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Chilonzor tumani S-mavzesi Cho‘pon Ota ko‘chasi 28a-uyda joylashgan ma’muriy binoda yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Oradan 10 daqiqa o‘tib hodisa joyiga tuman yong‘indan muhofaza xizmatining ikkita jangovar yong‘in o‘chirish avtoekipaji etib borganida, binoning 1, 2 va 3-qavatlari ochiq alanga bilan yonayotgani ma’lum bo‘ldi. Qo‘shimcha yong‘in o‘chirish avtoekipajlar chiqarilgan.

17:13 da yong‘in joyiga Chilonzor va boshqa to‘rtta tuman hamda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasidan jami 12 ta avtoekipaj yo‘llangan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida yong‘in 18:06 da qurshab olinib, 18:16 da butunlay o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida ma’muriy binoning 1, 2, 3-qavatlari to‘liq 800 kv.metr maydonida yongan, 4 va 5-qavatlarining tashqi qismlari yong‘indan qisman zarar ko‘rgan. Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.

Yong‘in vaqtida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 70 nafar ishchi-xizmatchi qutqarilib, ularning 14 nafari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga olib borilgan. Ikki kishi travmatologiya bo‘limiga joylashtirilgan, ulardan biriga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng uyiga yuborilgan, ikkinchisiga umurtqa pog‘onasining lat eyishi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli.

Zararlangan binoning 1−3-qavatlari Hamza Collection tikuvchilik firmasiga, 4-qavat «DI-Ixlos» kompaniyasiga, beshinchi qavat esa «O‘rmon xo‘jaligi loyiha» institutiga qarashli bo‘lgan. Binoning sharqiy qismida Toshkent viloyat prokuraturasi joylashgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 528
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar