“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:41
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston elchisi Davlat raqobat qo‘mitasida bo‘ldi

23 fev, 12:02 6 287 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston elchisi Davlat raqobat qo‘mitasida bo‘ldi Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Raisi D.Xidoyatov va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob E.Utembaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Uchrashuvda qo‘mita raisi Xususiylashtirish dasturi haqida, shuningdek korporativ boshqaruv va xususiylashtirish sohasidagi amaliyotga tadbiq etilayotgan yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Bular orasida bugungi kunda keng miqyosda amalga oshirilayotgan IPO dasturlari va investorlar huquqlarining to‘liq himoya qilish mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Suhbat davomida taraflar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘llari haqida fikr almashdilar. Xususiylashtirish dasturi mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi va unga o‘z mamlakatlarining ishchi doiralarini keng jalb qilish kerak ekanligi ta’kidlandi. Investorlar uchun qiziqarli sohalar sifatida kimyo sanoati, turizm, transport, qurilish materiallari, moliyaviy va boshqalar ko‘rsatib o‘tildi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan bir qator aniq chora-tadbirlar, jumladan mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish, tashkil etilayotgan biznes forumlarda ishtirok etish, tadbirkorlarning ishchi safarlarini tashkil etish hamda istiqbolli loyihalarni tashkil etish orqali investorlarning qiziqishlarini uyg‘otish kabilar belgilab olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar