“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:10
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev Sherobod tumanidagi zamonaviy uy-joy massivini borib ko‘rdi

10 fev, 22:47 9 963 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev Sherobod tumanidagi zamonaviy uy-joy massivini borib ko‘rdi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylar, bu erda aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Surxon vohasida 1009 arzon va zamonaviy uy-joy barpo etilayotir. Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida qisqa muddatda 32 xonadondan iborat 2 qavatli ikkita, xo‘jalik imoratlari va alohida hovlisi bo‘lgan bir qavatli o‘nta shinam uy bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy va milliy me’morlik andozalari asosida qurilgan yangi massivda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilgan. Tabiiy gaz, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlangan.

Davlatimiz rahbari yosh oila O‘ktam Abdullaev va Malohat Jumaeva xonadonida bo‘lib, ularni yangi uyga ko‘chib o‘tgani bilan tabrikladi. 3 xonali uyning hovlisida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun tomorqa bor.

Prezidentimiz yangi uyda yosh oila baxtiyor va farovon yashashi uchun yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdi. Xonadon sohibining buvisi Karomat momo Abdullaeva ko‘rkam, obod va shinam uylarni olishda keng imkoniyatlar yaratilayotgani, bu yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotganini aytib, Prezidentimizni duo qildi.

Shavkat Mirziyoyev 16 xonadondan iborat ikki qavatli uyda yashayotgan uy sohiblari bilan ham suhbatlashdi. Xalqimizning tobora o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirish, ular uchun munosib hayot sharoitlari yaratib berish bugungi kundagi asosiy vazifalardan ekanini alohida qayd etdi. Mutasaddi rahbarlarga viloyatning qishloq massivlarida aholiga shaharlardagidan qolishmaydigan turmush sharoitlari yaratish, yakka tartibda uy-joy qurish ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar