“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 12:08
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: “Xalqimiz baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor"

10 fev, 21:47 7 885 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: “Xalqimiz baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz tumanida tashkil etiladigan baliqchilik kompleksi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 186 baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Endi ularning safiga “Termiz agro fish eksport” agrofirmasi ham qo‘shiladi.

Bu erda baliq etishtirish bilan birga baliq ozuqalarini ishlab chiqarish, viloyatda etishtiriladigan baliq mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish ishlari ham amalga oshiriladi.

Korxonada Vetnam texnologiyasi asosida Afrika laqqasi, karp kabi baliqlar etishtiriladi. Suvni muntazam tozalab berishga asoslangan ushbu texnologiya baliq etishtirish samaradorligini besh barobarga oshirishi bilan ahamiyatlidir. Komleksda 500 tonna baliqni qayta ishlash, 105 ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.

“Xalqimiz baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor. Uning tarkibida inson salomatligi uchun juda muhim bo‘lgan elementlar, vitaminlar mavjud.

Surxondaryo baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun zarur tabiiy iqlim, suv zaxiralariga ega. Bundan unumli foydalanish, ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun maxsus dastur ishlab chiqish kerak. Baliqchilikni chuqur biladigan mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiqdir”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanish loyihasi bilan tanishdi.

Loyihada viloyatdagi gidrotexnika inshootlari, kanal va boshqa suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yangilarini qurishga qaratilgan 122,7 million dollarlik chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Uning 89,5 million dollari Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga qoplanadi. Natijada viloyatning Sherobod, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 103,5 ming gektar maydonda suv ta’minoti yaxshilanadi.

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashiga qarashli “Termiz marvaridi sanatoriyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Uchqizil suv ombori bo‘yidagi bahavo hududda joylashgan 140 o‘rinli ushbu sihatgohda bemorlar fizioterapiya va ma’danli suv, qum va quyosh nurlari orqali davolanadi.

Bugungi kunda 80 o‘rinli sihatgoh binosi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Keyingi bosqichda 60 o‘rinli yangi bino qurish va uni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, qozonxonalarni modernizasiyalash, hududda bolalar maydonchasi, futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan stadion va maydonchalar barpo etish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari mutasaddilarga mazkur hududda dam olish kompleksi qurish bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 420
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 123
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 558
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 118
  • Bo‘limlar