“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:15
ЎЗO‘Z

Andijonda binolar tadbirkorlarga bepul beriladi

06 fev, 21:36 6 740 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda binolar tadbirkorlarga bepul beriladi Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruhi bugungi kun talabiga javob bermayotgan korxonalarda mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad ularni rivojlantirish choralarini ko‘rish va mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tashabbuskor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashdir, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Xabarda aytilishicha, bugungi kunda Andijon shahrida xususiylashtirilgan 60 ta yirik ishlab chiqarish korxonalari samarali faoliyat yuritmayapti. Bu shahar iqtisodiyotining yuksalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga ishlab chiqarish sur’atining pasayishi va ularda ishlovchilar uchun ishsizlik muammosini yuzaga keltirmoqda.

Viloyat hokimi Andijon shahridagi sobiq "Andijonmash" zavodi va "Elektroapparat" korxonalariga tashrifi chog‘ida ayrim korxona rahbarlarining sustkashligi sabab to‘la quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar xususida fikr bildirdi. Jumladan, yuqoridagi har ikki korxona o‘z davrida 3000 dan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgani, ularda tayyorlangan mahsulotlar ichki bozordan tashqari eksport qilinganini ta’kidlab, bugungi holatini tanqidiy baholadi.

Sh.Abdurahmonov shu joyda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy dastgohlar olib kelish va yangi ish o‘rinlari yaratish istagidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ular uchun eng katta imkoniyat binolar nol qiymatda bepul beriladi.

Xabarda shunday imkoniyatga ega bo‘lishni istaganlar Andijon shahar hokimligiga murojaat qilishlari so‘ralgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar