“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:16
ЎЗO‘Z

Korrupsiyaga qarshi Davlat dasturi: Jabrlanuvchilar va guvohlar davlat himoyasida

06 fev, 11:29 7 626 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Korrupsiyaga qarshi Davlat dasturi: Jabrlanuvchilar va guvohlar davlat himoyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni 2017−2018 yillarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturini tasdiqladi. Hujjat matni Lex.uz saytida e’lon qilind, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Hujjat bilan mamlakat bosh prokurori Ixtiyor Abdullaev boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi. Mazkur komissiya qarorlarini bajarish barcha davlat hukumat va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.

Komissiya tarkibidan Adliya vazirligi, IIV, DSQ, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va Xo‘jalik sudlari, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari, «Mahalla» va «Nuroniy» jamg‘armalari, «Kamolot» harakati, ombudsman va boshqa tuzilmalar rahbarlari o‘rin oldi.

Davlat dasturida jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish belgilangan bo‘lib, u orqali mamlakatda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tashviqotini tubdan yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Yaqin vaqtlar ichida «Davlat xizmati to‘g‘risida», «Davlat va xususiy sherikchilik to‘g‘risida», «Davlat xaridlari to‘g‘risida», «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish to‘g‘risida», «Jamoat nazorati to‘g‘risida», «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat prosessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida» va «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida"gi qonun loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Byudjet mablag‘larini shakllantirish va sarflash jarayonining shaffofligini hamda ularning taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlarning ommabopligini ta’minlash sohasida qo‘shimcha antikorrupsion chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Boshqa tadbirlarni o‘tkazish ham rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 532
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar