“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:51
ЎЗO‘Z

Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi sabab transport vositalarining harakati to‘xtatildi

04 fev, 12:23 7 167 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi sabab transport vositalarining harakati to‘xtatildi 2017 yil 3 fevral kuni soat 09:40 da A-373 «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan 233 kilometrida hajmi 1000 metr kubgacha, soat 10:30 da esa yo‘lning 243 kilometrida hajmi 250 metr kub bo‘lgan qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Bu haqda Sof.uz xabar bermoqda.

Olingan xabar bo‘yicha FVV va «O‘zavtoyo‘l» kompaniyasi tomonidan avtomobil yo‘lining ushbu uchastkalarida qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. Qor ko‘chkisi talofatlar keltirib chiqarmagan, aholi o‘rtasida jabrlanganlar yo‘q.

Shu kuni «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘lining qor ko‘chkisi xavfi mavjud, Qamchiq dovonidan o‘tgan 228—253-kilometrlarida hamda boshqa uchastkalarda FVV va IVV YHXBB kuch va vositalari tomonidan avtotransport vositalarining harakati to‘xtatilgan.

Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanida avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni qabul qilish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

«‘Qamchiq’ dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalariga joylashtirilmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari) yaratilgan», — deyiladi FVV axborotida.

Qor qatlami yig‘iladigan joylar holati mustahkam emas, qor ko‘chishi xavfi mavjud.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 137
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar