“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:45
ЎЗO‘Z

Naqd va naqdsiz hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi

24 yanv, 14:33 8 166 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Naqd va naqdsiz hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga “Xalq bilan muloqot yili va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasi joylandi. U naqd va naqdsiz pul aylanmasi o‘rtasidagi farqlarni bartaraf etish choralarini nazarda tutadi. Bu haqda “Norma.uz”ga asoslanib “Kun.uz” yozmoqda.

Xususan, plastik kartalardan hamma erda foydalanish uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida to‘lov terminallarining ijara stavkalarini ikki barobar pasaytirish taklif etilmoqda. Bugungi kunda banklar tomonidan belgilangan ijara stavkasi oyiga 10 evroga teng.

Shu bilan birga, bir plastik kartadan boshqasiga mablag‘larni o‘tkazish uchun tariflarni pasaytirish rejalashtirilmoqda. Yangi normalarning asosiy maqsadi – fuqarolik aylanmasi ishtirokchilari uchun naqd va naqdsiz to‘lovlar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishdir. Hozir bunday o‘tkazmalar uchun to‘lov tizimlari mablag‘ning miqdoridan 2 foiz olishmoqda.

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy korxonalar, dehqon xo‘jaliklari uchun plastik kartalardan ishlab chiqarish, savdo va boshqa ehtiyojlari uchun erkin foydalanish imkoniyatlari kengayadi.

Naqd bilan to‘lash talablari hamda to‘lov usuliga bog‘liq holda narxlardagi farqlarni belgilashga (buning uchun chegirma taqdim qilish) yanada katta taqiq qo‘yiladi.

Shuningdek, banklar kredit kartalarni faolroq chiqara boshlashadi. Bugungi kunda plastik kartalarning aksariyati debet kartalardir. Ular faqat egasiga tegishli bo‘lgan va uning hisob varag‘iga oldindan o‘tkazilgan (qoidaga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan) mablag‘lardangina foydalanish imkoniyatini beradi. Kredit kartalar esa uning egasiga tovar va xizmatlarni keyinchalik qoplab berish bilan bankning hisobidan olishga yo‘l qo‘yadi. Shu tariqa, naqdsiz hisob-kitoblardan foydalanish uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil yuzaga keladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar