“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:54
ЎЗO‘Z

Maktablar 11 yillik bo‘ladimi?! Bu savolga vazirlik javobi…

20 yanv, 21:47 23 135 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktablar 11 yillik bo‘ladimi?! Bu savolga vazirlik javobi… Ijtimoiy tarmoqlarda va qator saytlarda Respublikamizda 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tish ustida ish olib borilayotganligi haqidagi informasiyalar tarqalmoqda. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari bilan bog‘landik. Ularning javobi quyidagicha:

“Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlarida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Shuningdek, umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishini ta’minlaydi.”

Bundan tashqari, bizga ma’lum bo‘lgan vazirlik manbasining ta’kidlashicha, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, biroq 11 yillik ta’limga o‘tish kun tartibiga ham kiritilmaganini ma’lum qilmoqda. Demak, barcha xabarlar asossiz deya olamiz.

Bu masala yuzasidan rasmiy hujjatlar e’lon qilinmaguncha, tarqatilayotgan xabarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 137
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar