“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:45
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev «Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

10 yanv, 22:53 8 374 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev «Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 yanvar kuni «Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi qonunga imzo chekdi. Qonun loyihasi 2016 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan va ma’qullanib, Senatga yuborilgandi. 13 dekabr kuni qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullandi. Qonun rasman chop qilinganidan keyingi 24 oy ichida kuchga kiradi. Bu davr ichida uni bajarish uchun kerakli moddiy-texnika bazasi yaratiladi. Qonun matbuotda 2017 yilning 10 yanvarida chop qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda ma’muriy qamoqni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan nazorat va tekshiruvning texnik vositalari qo‘llaniladi.

Hujjat maxsus qabulxonalarda jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi oldini olish uchun «nazorat va tekshiruvning audiovizual, elektron vositalaridan va boshqa texnik vositalaridan foydalaniladi, ushbu vositalarning ro‘yxati hamda ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi».

Qonunda ma’muriy qamoq o‘tashning asoslari, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonalarning, shuningdek, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqiy holatini, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonalarda qabul qilish, joylashtirish va saqlash tartibini, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) maxsus qabulxonaga tashrif buyurish qoidalari kabi bir qator me’yorlar aks etgan.

O‘zbekistonda ma’muriy qamoqqa olish 3 kundan 15 kungacha, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa jamoat tartibiga tajovuz qilgani uchun 30 kungacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi.

Respublika qonunchiligiga muvofiq, homilador ayollar, 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar, 18 yoshga kirmaganlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish jazosi qo‘llanilmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar