“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 19:06
ЎЗO‘Z

Bojxona deklarasiyasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirish xizmati joriy qilindi

04 yanv, 12:31 7 371 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bojxona deklarasiyasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirish xizmati joriy qilindi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona chegaralari orqali harakatlanadigan jismoniy shaxslar uchun 2013 yilda qo‘mita veb-sayti orqali yo‘lovchi bojxona deklarasiyalarini to‘ldirish va chop etish xizmati joriy qilingan edi.

Ya’ni jismoniy shaxslar deklarasiyani PDF formatida saytdan ko‘chirib olishlari, unga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritishlari mumkin. Ma’lumotlarni kiritib bo‘lgach, deklarasiyaning to‘g‘ri to‘ldirilganligini uning quyi qismida joylashgan “tekshirish” tugmasi orqali tekshirib ko‘rish imkoni mavjud. Agar xatolar aniqlansa, ularni tuzatgach, deklarasiyani A-5 formatdagi oddiy qog‘ozning mos ravishda old va orqa tomoniga 2 nusxada chop etib, bojxona postida taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmatiga tayanib Kun.uz sayti ma’lum qilmoqda.

Endilikda jismoniy shaxslar ushbu xizmatning yanada takomillashgan shaklidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham foydalanishlari mumkin:

DBQ veb-saytidan farqli o‘laroq, portalda to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini identifikasion kod bilan birgalikda onlayn rejimda olishlari va A5 formatida qog‘ozga chop etib, bojxona postida taqdim etishlari mumkin.

Shuni yodda tutish kerakki, “Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasi”ni elektron taqdim etish davlat interaktiv xizmatidan foydalanib onlayn tarzda to‘ldirish uchun “Internet Explorer” brauzeridan foydalanishlari yoki boshqa brauzerlardan foydalangan hollarda deklarasiyani kompyuterga yuklab olib to‘ldirish uchun “.pdf” formatini o‘qiy oladigan dasturlar (masalan, Adobe Acrobat Reader DC, Adobe Acrobat Pro, Foxit Reader va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Natijada jismoniy shaxslar bojxona postlaridagi bayonnomalarni to‘ldirish ustunlarida navbat kutish, o‘zlari tanlagan tildagi blankalarni izlash kabi juz’iy muammolarga duch kelishmaydi hamda ularning vaqti tejaladi.

Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini elektron shaklda to‘ldirish vaqtida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘sha vaqtning o‘zida tuzatish imkoniyati mavjud. Bojxona postlarida qog‘oz shaklida to‘ldirish jarayonida esa xatolikka yo‘l qo‘yilsa, yana yangidan to‘ldirishga to‘g‘ri kelishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 562
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 0
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 0
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 0
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 28
  • Bo‘limlar