“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:26
ЎЗO‘Z

Akademiklar oylik gonorar oladigan bo‘ldi

04 yanv, 00:20 7 993 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Akademiklar oylik gonorar oladigan bo‘ldi 1 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari daromad solig‘iga tortilmaydigan, eng kam oylik ish haqining 10 barobari (1,5 million so‘m atrofida) miqdoridagi oylik gonorar oladi. Bu Prezidentning 29 dekabrdagi maxsus farmonida ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, bundan buyon FA haqiqiy a’zolarini tasdiqlashni mamlakat Prezidenti prezidium hamda tegishli ilmiy mutaxassisliklar bo‘yicha haqiqiy a’zolar tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiradi.

Bundan tashqari, tegishli vazirlik va idoralarga bir oy muxlat ichida FA haqiqiy a’zolarini ilmiy-ma’rifiy va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb qilish, ularning fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini chuqurlashtirishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish topshirildi.

Shuningdek, FA haqiqiy a’zolarining ilmiy-ma’rifiy muassasalarda hamda sanoat korxonalarida samarali mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Akademiklarni rag‘batlantirish yo‘llari sifatida ularni har yili Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari sanatoriya-sog‘lomlashtirish muassasalarida, shuningdek, Yalta va Kislovodskdagi «O‘zbekiston» sanatoriyalarida bepul sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar