“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:04
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev: O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikdan manfaatdor

03 yanv, 11:26 6 853 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev: O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikdan manfaatdor O‘zbekiston Xitoy bilan bundan keyin ham amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan yo‘llagan maktubida ma’lum qildi.

2017 yilning 2 yanvar kuni O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi.

“Mamlakatlarimizning har tomonlama va samarali hamkorligining unutilmas solnomasidagi muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqi nomidan Sizni va butun Xitoy xalqini samimiy tabriklash menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi” – deya ta’kidlab o‘tdi O‘zbekiston rahbari.

“O‘zbekiston va Xitoy aloqalari ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, Buyuk ipak yo‘li davriga borib taqaladi. Xalqlarimiz o‘rtasida azal-azaldan barqaror savdo-sotiq, ilm-fan va gumanitar aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, madaniyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz bir-birini boyitgani haqidagi ko‘plab yorqin misollar tarix sahifalariga muhrlangan”, - ta’kidlab o‘tdi O‘zbekiston Prezidenti.

“Izchil va muttasil rivojlanib borayotgan, jahonda ulkan nufuz va ta’sirga ega Xitoy O‘zbekistonning yaqin va ishonchli hamkoridir. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar mustahkam an’anaviy do‘stlik, o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida muntazam rivojlanib bormoqda”, - dedi u.

“O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari bugungi kunda avvalo Sizning shaxsiy tashabbusingiz tufayli tom ma’noda har tomonlama chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli mazmun kasb etgan hamkorlikka aylandi. Tomonlarning izchil va qat’iy sa’y-harakatlari natijasida mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida uzoq muddatli va ko‘p qirrali hamkorlik shakllandi, davlatlararo va hukumatlararo tashriflar muntazamlik kasb etdi”, - ta’kidlab o‘tdi Mirziyoyev.

“Biz Sizning rahbarligingizda amalga oshirilayotgan va chuqur o‘ylangan, vazmin tashqi siyosat yo‘li, yagona Xitoy siyosati, terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz”, - qo‘shimcha qildi u.

“O‘zbekiston BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar doirasida Xitoy bilan bundan keyin ham amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor”, - ta’kidlab o‘tdi O‘zbekiston rahbari.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lib, uning eng muhim asosi bo‘lgan Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma o‘zaro aloqalarimizning poydevori bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidlashni istardim. Sizning 2016 yil iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifingizni, uning doirasida tarixiy ahamiyatga ega Qo‘shma bayonot imzolanganini hamisha katta mamnuniyat bilan eslaymiz. Ushbu hujjat O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarini har tomonlama strategik sheriklik darajasiga olib chiqdi”, - ta’kidlab o‘tdi Prezident.

“Savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilayotgan yutuqlar alohida e’tiborga loyiq. O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh etish va modernizasiya qilish borasidagi eng muhim dasturlarni Xitoy izchil qo‘llab-quvvatlayotganini yuksak qadrlaymiz. Xitoy ko‘magi va ishtirokida sanoat, energetika, transport, telekommunikasiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda keng miqyosli yuqori texnologik investision loyihalar amalga oshirildi”, - dedi u.

“Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki faoliyat boshlagani iqtisodiy hamkorligimiz uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda”, - dedi Mirziyoyev.

“Yaqin kelajakda bo‘ladigan oliy darajadagi uchrashuv O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarining har tomonlama rivojiga yanada jadal sur’at bag‘ishlashiga, o‘zaro va ko‘p tomonlama hamkorligimizning barcha masalalari bo‘yicha muloqotlarimizni davom ettirish uchun qulay imkoniyat bo‘ladi, deb ishonaman”, - ta’kidlab o‘tdi u.

“Fursatdan foydalanib, Sizni, muhtaram Si Szinpin janoblari, oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni chin qalbimdan Yangi yil bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizga zafarlar, do‘st Xitoy xalqiga farovonlik va taraqqiyot tilayman”, - deya ta’kidlab o‘tgan O‘zbekiston rahbari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar