“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:54
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan inshootlarda yangi korxonalar tashkil etiladi

29 dek, 15:00 7 028 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan inshootlarda yangi korxonalar tashkil etiladi 2017-2018 yillar mobaynida O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan bino va inshootlarda 4400 dan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Bu haqda Respublika Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalar tuzilmasini qayta tashkil etish va moliyaviy sog‘lomlashtirish mo‘ljallangan 2017-2018 yillardagi chora-tadbirlar dasturida zarar keltirib ishlayotgan, faoliyat yuritmayotgan quvvatlarni qayta moliyalashtirish, shuningdek, bo‘sh yotgan va qurilishi tugallanmagan inshootlarda 4,4 mingdan ortiq ishlab chiqarish korxonalarini barpo qilish ko‘zda tutilgan.

2016 yili kamrentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturi natijasida 99 sub’ektda er maydonini optimallashtirish, foydalanilmayotgan quvvatlarni konservasiyalash o‘tkazilgan. Bank qarzdorligi restrukturizasiya qilinib, ishlab chiqarishni modernizasiya va texnologik yangilash jarayonlari o‘tkazilgan.

Buning natijasida 2015 yilda zarar ko‘rib ishlagan ushbu korxonalar 2016 yil yanvar-sentyabr oylarida 54 milliard so‘m foyda ko‘rdi. Matbuot anjumanida ma’lum qilinganidek, 2017 yilda mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish, og‘ir sanoat, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol mollarini ishlab chiqarish sohalarida ishlar davom ettiriladi.

2016 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida korxonalar tomonidan 28 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilgan, 2 trillion 740 milliard so‘mdan ortiq mablag‘dagi mahsulotlar ishlab chiqilgan, xizmat ko‘rsatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 528
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar