“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:00
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston eng qiziq sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi

28 dek, 17:09 6 405 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston eng qiziq sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi Jahon turistik sanoati etakchilari Financial Times nashriga 2017 yilda sayohatchilarga qiziqish tug‘diruvchi eng muhim yo‘nalishlar haqida ma’lumot tayyorlab berishdi. O‘zbekiston bu ro‘yxatda Nepaldan so‘ng ikkinchi o‘rinni band etdi.

“Mijozlarimiz noyob joylarga bo‘lgan uzoq safarlarga ko‘proq borishmoqda va Ipak yo‘li mamlakatlari hozirgi kunda eng qiziq yo‘nalish sifatida tan olindi”, - deya aytib o‘tdi Wild Frontiers turistik firmasi vakili Jonn Bilbi.

Uning ta’kidlashicha, bunday turlarga bo‘lgan talab Ipak yo‘li haqida so‘nggi paytlarda chiqarilgan kitoblar va teledasturlar bilan bog‘liq.

FT ro‘yxatidan Keniya, Finlyandiya, Andaman orollari, Buyuk Britaniya, Madagaskar, Kamboja va Yangi Zelandiya ham o‘rin olgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ipak yo‘li bo‘ylab uzoq muddatli sayohatlarni amalga oshira olmaydiganlar uchun qulay joydir. Mamlakat bu boradagi barcha jihatlarni o‘zida uyg‘unlashtirgan: Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi masjidlar, maqbaralar va minoralar.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, respublika rahbarining turistik sohani yanada jadallik bilan rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi farmoni sabab mamlakatga keluvchilar soni keskin ortadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017 yilning 1 aprelidan boshlab yangi tartib kuchga kiradi. Unga ko‘ra viza rejimi dunyoning 15 mamlakatiga nisbatan butunlay bekor qilinadi. Bundan tashqari, mamlakatga vizasiz kirish imkoni dunyoning 12 davlatining 55 yoshdan oshgan fuqarolariga ham taqdim etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar