“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:01
ЎЗO‘Z

Toshkentda har yilgi “shakar sarosimasi” boshlandi

17 apr, 00:41 7 875 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda har yilgi “shakar sarosimasi” boshlandi Toshkent shahri aholisi shakarning qimmatlashishidan xavotirlanib, uni ko‘proq miqdorda g‘amlashga tushib ketishdi. Buning oqibatida ba’zi do‘konlar oldida navbatlar yuzaga kelmoqda.

“Jamoatchilik nazorati” guruhi ishtirokchilarining yozishicha, bu mahsulotning narxi oshgani kuzatilmoqda – “Aviasozlar” (sobiq Kadishev bozori) bozorida uning bir kilogrammi 3900 so‘mdan sotilmoqda. Vaholanki, bundan bir necha kun avval bir kilogramm shakar 2900 so‘mdan sotilgan edi.

Har yili bahor mavsumida yurtimizda iste’molchilar orasida shakar sarosimasi avj olishi odat tusiga aylanib qoldi. O‘tgan yili “oq qum”ning sun’iy ravishda yaratilgan taqchilligi misli ko‘rilmagan o‘lchamlarga etdi – uning narxi 2 barobarga qimmatlab, Toshkentning yirik supermarketlarida uning narxi avvalgidek arzon holda saqlangan holda kishi boshiga 2 kg dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda sotilgan edi.

O‘zbekiston Davlat raqobatchilik qo‘mitasi bu holat yuzasidan taftish o‘tkazib, olibsotarlarga qarshi chora ko‘rishga va’da bergan edi. Qo‘mita tomonidan chop etilgan bayonotda shakar sotib olish bilan bog‘liq sarosimasiga “bu mahsulotga, shu jumladan, bozor ishtirokchilari – ulgurji vositachilar orasida ham, chakana savdo nuqtalarida ham til biriktirish yo‘li bilan “sun’iy taqchillikni” yuzaga keltirishga qaratilgan oddiy olibsotarlik faoliyati” sabab bo‘lgani aytilgan edi.

Aholi orasida O‘zbekistonda shakar “taqchilligi”ga mamlakatdagi shakar zavodlaridan birining yopilishi sabab bo‘lgani haqida mish-mish tarqalmoqda. Hozirda yurtimizda ikkita shakar zavodi – “Xorazm shakar” va o‘tgan yilda ochilgan “Angren shakar” zavodlari faoliyat yuritmoqda. Bu zavodlarning kunlik ishlab chiqarish quvvati ming tonna shakarni tashkil qiladi.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaydi 18 мая, 17:00 126
  • “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 18 мая, 13:58 196
  • O‘zbekistonda bir yilda 22 ta erta turmush holatlari aniqlandi 14 мая, 08:12 58
  • Haftaning birinchi yarmida quruq va juda issiq ob-havo kutilmoqda 13 мая, 13:23 103
  • Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qancha xorijlik sayyohlar keldi? 12 мая, 14:48 76
  • “O‘zgidromet” 13 may kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi 12 мая, 10:34 117
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar