“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:21
ЎЗO‘Z

Prezident sovg‘alarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga etkazish boshlandi

26 dek, 17:48 7 330 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident sovg‘alarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga etkazish boshlandi Yangi yil arafasida joylarga etkaziladigan o‘quv anjomlari, turli shirinliklardan iborat «Prezident sovg‘alari» kichkintoylar uchun unutilmas tuhfa hisoblanadi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Bu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, «Sen yolg‘iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan ushbu bayramni yuksak saviyada o‘tkazish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, «SOS – bolalar mahallalari» tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun Prezidentning Yangi yil sovg‘alari etkazilmoqda.

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdim etiladigan 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan sovg‘alar tayyorlandi, — deydi Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati rahbari Bahriddin Shayvaliev. — Prezident sovg‘alari Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga avtotransportda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25—28 dekabr kunlari jadval asosida etkazib beriladi.

Sovg‘alar 29 dekabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan «Prezident archasi» tadbirlarida kichkintoylarga topshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 89
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar