“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:38
ЎЗO‘Z

Ombudsmanning yangilangan rasmiy sayti, virtual qabulxonasi va «Ishonch telefoni» taqdimoti o‘tkazildi

24 dek, 16:07 9 622 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ombudsmanning yangilangan rasmiy sayti, virtual qabulxonasi va «Ishonch telefoni» taqdimoti o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning yangilangan rasmiy veb sayti (www.ombudsman.uz) va uning virtual qabulxonasi, shuningdek, «Ishonch telefoni»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Internet-sayt zamonaviy rivojlangan axborot-kommunikasiya sohasidagi barcha tendensiyalarni o‘z ichiga olgan. Jumladan, u o‘zida Ombudsmanning virtual qabulxonasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda inson huquq va erkinlarini amalga oshirishga oid savollarga javoblarni qamrab oladi. Virtual qabulxona orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar murojaat qilishi mumkin.

Sayt orqali Ombudsmanning fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti natijalari, qonunchilikni takomillashtirish, huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati yuzasidan muntazam ravishda axborot berib boriladi.

Saytda Ombudsman Kotibiyati va Ombudsmanning mintaqaviy vakillarining manzillari va telefon raqamlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar joy egallagan. Sayt materiallaridan o‘zbek, rus va ingliz tillarida, shuningdek, ko‘rish imkoniyati cheklangan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

Yangilangan internet-sayt EXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori yordamida tayyorlandi.

Shuningdek, tadbir davomida Ombudsmanning murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha «Ishonch telefoni» ochilgani e’lon qilindi. Ariza, shikoyat va takliflar (0371) 200-10-96 va qisqa 1096 (respublika miqyosida bepul) telefon raqamlari orqali berilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar