“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 17:57
ЎЗO‘Z

Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lini kapital ta’mirlash yakuniga etmoqda

24 dek, 13:07 6 661 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lini kapital ta’mirlash yakuniga etmoqda Toshkent viloyati shahar va qishloqlarida aholi punktlari qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar katta hajmda olib borilmoqda. Ular yo‘l-transport tizimini ham o‘z ichiga qamrab olgan. Endilikda mahalliy aholiga butun viloyat bo‘ylab ta’mirlangan va respublikaning boshqa mintaqalari bilan bog‘lab turuvchi yangi yo‘llar xizmat ko‘rsatmoqda.

- O‘tgan yildan boshlab 119,9 kilometr avtomobil yo‘llari qurildi va rekonstruksiya qilindi, - dedi “Toshkentavtoyo‘l” hududiy davlat korxonasi direktori Xudoybergan To‘laganov. – O‘tgan davrda ancha ko‘p hajmda ishlar amalga oshirildi. Masalan, Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon avtomobil trassasidagi 20 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish o‘z yakuniga etmoqda. Yangi Toshkent halqa yo‘lining Sergeli mavzesini aylanib o‘tuvchi va Bektemir-G‘azalkent-Chorvoq avtoyo‘liga chiquvchi 20 kilometr qismidagi yo‘llar rekonstruksiyasi yakuniga etkazildi. Bularning barchasi shaharlar o‘rtasida transport qatnovini ancha yaxshilash imkonini berdi.

Xalqaro va respublika ahamiyatiga molik umumiy foydalanishda bo‘lgan avtoyo‘llarda ham katta ishlar bajarildi. Toshkent-Dushanbe yo‘lining to‘qqiz kilometrlik qismida ta’mirlash ishlari yakuniga etkazilmoqda. Bu ob’ektda yakuniga etayotgan yilda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, Angren shakar zavodiga olib boruvchi yo‘lda Toshkent-Andijon magistraliga qo‘shiluvchi ikki kilometrlik yo‘l qismi qurildi. Toshkent-To‘ytepa yo‘lining 2,5 kilometrlik qismini qurish ham joriy yilda bitkaziladi. Shuningdek, Toshkent-Chirchiq-Chimyon yo‘lining 10,9 kilometr bo‘lgan ikki qismi foydalanishga topshirildi. Bu esa Parkent tumanidagi yo‘llar holatini sezilarli darajada yaxshilagan. Bundan tashqari, bu erda Parkent-Zarkent-So‘qoq qismidagi to‘qqiz kilometrlik yo‘lda ta’mirlash ishlari ham yakuniga etkazilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 462
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • Bo‘limlar