“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari etkazib beruvchi asosiy davlat bo‘lishi mumkin

24 dek, 09:35 7 634 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari etkazib beruvchi asosiy davlat bo‘lishi mumkin O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari etkazib beruvchi etakchi davlat bo‘lishi mumkin, chunki Lotin Amerikasi va Afrikadan keltiriluvchi mahsulot sifat bo‘yicha ancha orqada. Bu haqda Moskvada Federasiya kengashi va MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari matbuot-anjumanida aytildi, deb xabar bermoqda "Kun.uz" nashri.

"O‘zbekiston o‘z salohiyatiga ko‘ra bizning bozorga meva-sabzavot mahsulotlari etkazib beruvchi o‘nlab davlatlarning o‘rnini bosishi mumkin, shu bilan birga Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari mahsulotlaridan ancha ustunroq bo‘lgan mahsulotlarni. Buning uchun imtiyozlar yaratish kerak", deb aytdi Federasiya kengashining xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Vladimir Jabarov.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda etishtirilgan meva va sabzavotlar a’lo sifatli bo‘lib, Yangiyo‘l tumani, Farg‘ona viloyati bu borada ilg‘ordir. "Biz ular bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ya olamiz, buning uchun katta salohiyat mavjud. Ular bizning aloqalarga katta qiziqish bildirmoqdalar", deb aytdi Jabarov.

Senatorning aytishicha, O‘zbekiston 2017 yilda MDH davlatlariga 1 mln tonnagacha meva-sabzavot mahsulotlarini etkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

MDH iqtisodiy rivojlanishi amaliy markaziy bosh direktori Vladimir Savchenko O‘zbekiston shuningdek maishiy texnika etkazib beruvchisi bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"Ular faol rivojlanmoqdalar. O‘zbekiston bozorlarimizga kelmoqda. O‘zbekistonlik tadbirkorlar maishiy texnika etkazib bermoqda, bundan tashqari, ular dunyo standartlarida qabul qilingandek, ularga xizmat ko‘rsatishni ham o‘z zimmasiga olmoqda", deb aytdi Savchenko.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 532
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar