“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi

23 dek, 22:00 11 184 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi 23 dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Kun.uz manbasining ma’lumotiga ko‘ra, Oqbo‘taev Himmat Qo‘chqorovich viloyatning yangi rahbari etib tayinlangan.

U shu vaqtgacha Samarqand viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Oqbo‘taev Himmat Qo‘chqorovich 1962 yil 1 fevralda, Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy.

U mehnat faoliyatini 1979 yilda Urgut tumanida jamoa xo‘jaligi a’zosi sifatida boshlagan. Harbiy xizmatni o‘tagandan so‘ng, 1983-1988 yillarda Toshkent davlat universitetida tahsil olgan. 1988-1991 yillarda Urgut tumanidagi jamoa xo‘jaligida huquqshunos, 1991-1992 yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani prokuraturasi ish o‘rganuvchisi, 1992-1993 yillarda Navoiy tumani prokurori katta yordamchisi, 1993-1994 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi ichki ishlar idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori, 1994-1996 yillarda Navoiy shahar prokurori o‘rinbosari, 1996-1999 yillarda Navoiy tumani prokurori, 1999-2000 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi katta tergovchisi, 2000-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi prokurori, katta prokurori, 2002-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2003-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i, 2004-2006 yillarda Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.

2006-2016 yillarda Samarqand viloyati Urgut tumani hokimi lavozimida mehnat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, viloyatning avvalgi hokimi Mirzaev Zoyir Toirovich Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbari etib tayinlangandi.

Qayd etish kerakki, bu shu oyning o‘zida oltinchi viloyatda hokim o‘zgarishi bo‘ldi. Bungacha, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro va Jizzax viloyatlarida rahbar o‘zgargandi. 4ta viloyat hokimi (Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro va Jizzax) o‘z lavozimlaridan tuman hokimligiga tushirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar