“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:30
ЎЗO‘Z

Samarqand quyosh elektr stansiyasini xitoyliklar barpo etadi

20 dek, 16:58 7 741 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqand quyosh elektr stansiyasini xitoyliklar barpo etadi O‘zbekistonning Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha tenderda Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi g‘olib deb topildi. Ushbu kompaniya Markaziy Osiyodagi birinchi muqobil energiya stansiyasini qurib beradi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 iyundagi “Samarqand viloyatida quvvati 100MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish” investision loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 2183-sonli qarori ijrosi doirasida va idoralararo tender kengashining 2016 yil 27 oktyabrdagi qaroriga binoan Samarqand viloyatida qurilayotgan 100MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatasiya qilish bo‘yicha asosiy pudratchi deb “Zhuhai Singyes Green Building Technology Co., Ltd” kompaniyasi belgilandi”, - deyiladi xabarda.

Ushbu tender 2014 yil oktyabr oyida e’lon qilingan edi. Uni qurib, foydalanishga topshirish uchun 2 yil vaqt talab etilishi mumkin. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha konsalting xizmatini Germaniyaning GOPA International Energy Consultant, Suntrace va Renewables Academy firmalari ko‘rsatadi.

“O‘zbekenergo” ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqadagi birinchi shunday elektrstansiya yiliga 200 million kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kerak. 275,8 mln AQSh dollari miqdoridagi loyiha Osiyo taraqqiyot banki va O‘zbekiston rekonstruksiya va rivojlanish fondining 110 mln dollarlik kreditlari hamda “O‘zbekenergo”ning 55,8 mln dollar miqdoridagi o‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladi.

Umuman, 2020 yilgacha O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi kerak. Ularning jami quvvati 300 MVtni tashkil etadi. Samarqanddan tashqari, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham shu kabi stansiyalar quriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar