“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:44
ЎЗO‘Z

O‘zLiDePda agrar sohaning dolzarb masalalari muhokama etildi

08 apr, 18:06 7 247 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zLiDePda agrar sohaning dolzarb masalalari muhokama etildi 2015 yil 8 aprel kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan “Agrar tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlarni yangi bosqichga ko‘tarish va sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi faollari, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlari, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Toshkent viloyati hokimligi, xalq deputatlari mahalliy kengash deputatlari, iqtisodiyot boshqarmasi, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji rahbarlari, agrotexservislar, tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etdilar.

Agrar sohada erishilayotgan yutuqlarda shubhasiz fermerlik harakatining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlash joiz. Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zini har taraflama oqladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatda fermerlik harakatini yangi bosqichga ko‘tardi. Bugun fermerlik harakati nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda etakchi kuch, balki jamiyatda, qishloqda ijtimoiy masalalarni ham hal qiluvchi qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanmoqda.

Hammamizga ayonki, barcha qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining samaradorligi, bizning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligimiz, nafaqat qishloq ahli, balki butun xalqimizning moddiy farovonligi, oxir-oqibatda esa bozorlarimizda non va oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qanday bo‘lishi, avvalambor, bebaho boyligimiz bo‘lgan erlarning unumdorligi, ularning holatini doimiy ravishda yaxshilab borish bilan chambarchas bog‘liq.

Bugungi kunda amalga oshirgan chora-tadbirlari natijasida 1 million 700 ming gektar sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilashga erishildi.

Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Er kodeksi”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va boshqa qator qonun va normativ-huquqiy hujjatlar agrar sohani davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘z navbatida iqtisodiyotni yanada isloh qilish va liberallashtirishda agrar sektorda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni tashkiliy-huquqiy jihatdan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining harakat dasturida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olingan.

Mazkur vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi, mamlakat parlamenti palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzalari hamda Saylovoldi dasturida ilgari surilgan ustuvor yo‘nalish va vazifalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan.

Xususan, fermer va dehqon xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab quvvatlash asosida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va diversifikasiyalash, qishloqda real mulkdorlar sinfini shakllantirish maqsadida fermerlik harakatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, xususan, fermer xo‘jaligini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, chuqur qayta ishlash, qurilish va ta’mirlash hamda qishloq aholisiga servis xizmatlarini ko‘rsatadigan ko‘p tarmoqliga aylantirish kabi butun sohani tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini tayyorlash va ilgari surish, shuningdek, mazkur qonunning joylardagi ijrosini o‘rganish bo‘yicha nazorat-tahlil ishlari rejalashtirilgan.
Tadbirda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi, chorva mahsuldorligini oshirish, qishloq joylarda qayta ishlash sanoatini jadal rivojlantirish borasida ham fikrlar almashildi.

Seminarda agrar sohadagi islohotlarni amalga oshirilishida O‘zLiDePning Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlaridagi deputatlik guruhlari hamda Fermerlar kengashlari tomonidan jamoatchilik va deputatlik nazoratlarini doimiy ravishda olib borishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.

Shu bilan birga, agrar sohani yanada isloh qilish borasidagi vazifalarni bajarishda partiyaning mavjud imkoniyatlaridan to‘la foydalanish lozimligi alohida ta’kidlandi. Xususan, fraksiya a’zolari o‘zlarining nazorat-tahlil faoliyati davomida qishloqni yanada rivojlantirish, qishloq joylarida aholi turmush darajasini oshirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalarini barcha darajada tizimli ravishda har tomonlama va tanqidiy ko‘rib chiqish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surishligi ko‘rsatib o‘tildi.
Amaliy seminar yakunida agrar sohani yanada rivojlantirish borasida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar