“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:07
ЎЗO‘Z

Bosh vazir lavozimiga A.Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qabul qilindi

12 dek, 20:01 8 921 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh vazir lavozimiga A.Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qabul qilindi 2016 yil 12 dekabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mamlakatimiz Konstitusiyasining 98-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish masalasi Siyosiy Kengash a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Ma’lumki asosiy qonunimizga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

Muhokamalar davomida ta’kidlanganidek bugun o‘z vakolatlarini amalga oshirishga kirishgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning saylovoldi dasturlarida ilgari surilgan, mamlakatimiz hayotiga bevosita dahldor masalalarni hayotga tadbiq qilish ko‘p jihatdan xukumatga rahbar bo‘ladigan insondan ham katta salohiyat va tashkilotchilikni talab etadi. Sababi, ushbu dasturda qo‘yilgan masalalar nafaqat iqtisodiyot, yoki ijtimoiy sohalar, balki ko‘plab boshqa sohalarda ham aniq belgilangan rejalarni amalga oshirishni talab qiladi.

Majlis ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir lavozimiga hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildilar.

Ta’kidlanganidek Abdulla Nigmatovich Aripov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati uchun mas’uliyatni to‘la zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor va talabchan, yangilikka intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar, quyidan yuqorigacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlardagi ijro organlarini boshqarishda etarli tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan fidoyi insondir.

Majlisda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar