“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:43
ЎЗO‘Z

Oliy Majlis Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 13 dekabr kuni chaqiriladi

12 dek, 14:02 7 635 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy Majlis Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 13 dekabr kuni chaqiriladi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi 2016 yil 13 dekabr kuni ertalab soat 10.00da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi. Bu haqda Kun.uz xabar bergan.

Bu haqda 10 dekabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Senati Kengashi yig‘ilishida qaror qabul qilingan.

Senat yalpi majlisining muhokamasiga aholi turmush darajasini yanada oshirishni va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni, iqtisodiyot o‘sishining yuqori va barqaror sur’atlarini ta’minlashni, aholini ish bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi, shuningdek 2017 yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risidagi masalalarni kiritish rejalashtirilmoqda.

Senat yalpi majlisining kun tartibiga mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich isloh qilishga hamda erkinlashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilmoqda. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Soliq va budjet siyosatining 2017 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatlariga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalar ham muhokama etiladi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalarining hamda devonining sakkizinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirib turish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar