“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:58
ЎЗO‘Z

Sh.Mirziyoyev eng kam ish haqi, pensiya va stipendiya miqdorini oshirishni va’da bergan edi…

12 dek, 12:12 11 943 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sh.Mirziyoyev eng kam ish haqi, pensiya va stipendiya miqdorini oshirishni va’da bergan edi… Shavkat Mirziyoyevning Konstitusiyamizning 24 yilligi tantanali marosimdagi ma’ruzasida eng kam ish haqi miqdorini va pensiya, nafaqa va stipendiyalarni oshirish haqida so‘z yuritdi. Sh. Mirziyoyev ushbu masalani saylov oldi dasturida ham ta’kidlab o‘tgan edi. Navbatdagi ma’ruzada u bu ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini va bu reja e’tibor markazida bo‘lishini aytdi.

Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir.

Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalari ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak.

Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim.

Shu maqsadda yaqinda tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z mablag‘larini va xorijiy sarmoyalarni xalqaro standartlarga mos keladigan infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirishi zarur.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 533
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar