“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:34
ЎЗO‘Z

Rustam Azimov O‘zbekistonning yangi Bosh vaziri bo‘lishga asosiy nomzod

09 dek, 12:52 12 250 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rustam Azimov O‘zbekistonning yangi Bosh vaziri bo‘lishga asosiy nomzod O‘zbekistonning yangi bosh vaziri kim bo‘lishi haqidagi so‘rovnomada Kun.uz sayti o‘quvchilari o‘z taxminlarini bildirishgan. Saytning telegramdagi kanalida tashkil qilingan so‘rovnomada 5721 kishi ishtirok etdi deyiladi.

Ularning aksar qismi O‘zbekiston hukumatining yangi rahbari sifatida Moliya vaziri, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovni ko‘rishmoqda. Ushbu ehtimoliy nomzod variantini 3 mingdan ortiq kishi (60 foiz) tanlagan.

Ko‘rsatilgan ehtimoliy nomzodlarning hech birini yangi bosh vazir sifatida ko‘rmayotganlar soni 629 nafar (11 foiz). Ular "Boshqa nomzod" variantini belgilashgan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston TIV rahbari bo‘lgan Abdulaziz Komilov ham qolgan nomzodlar orasida nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan: 565 kishi (10 foiz).

Bosh vazir o‘rinbosarlari Abdulla Aripov 8 foiz (456 kishi), Adham Ikromov 3 foiz (173 kishi), Rozuqulov Ulug‘bek 3 foiz (163 kishi), G‘ulomjon Ibrohimov 3 foiz (161 kishi) va Botir Zokirov 2 foiz (131 kishi) juda kam imkoniyatga ega deb hisoblangan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning navbatdagi bosh vaziri ham parlamentda ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili bo‘ladi. Ayni vaqtda bu partiya Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiev hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar