“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:09
ЎЗO‘Z

Endi jamoat joylarida chekkan va spirtli ichimlik ichgan fuqarolar jarimaga tortiladi

07 dek, 10:50 9 746 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi jamoat joylarida chekkan va spirtli ichimlik ichgan fuqarolar jarimaga tortiladi Kelasi yilning bahor oyidan boshlab, O‘zbekistondagi jamoat joylarida tamaki mahsulotlari chekish va spirtli ichimliklarni ichish taqiqlanganidan ogohlantiruvchi ogohlantiruvchi belgilar paydo bo‘ladi. Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i bilan alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joy yoki xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Hujjat 2017 yil mart oyidan boshlab kuchga kiradi. Nizomning to‘liq matni www.Lex.uz saytida joylashtirilgan, deb yozdi "Kun.uz" nashri.

Unga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish korxona, muassasa, tashkilot rahbari, ish beruvchi yoki bino yoxud ob’ektlardan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.

Spirtli ichimlik iste’mol qilish taqiqlanganidan ogohlantiruvchi belgi ish joylarida, ko‘chalar, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bog‘larida va boshqa jamoat joylarida, shuningdek alkogol mahsulotini quyib sotishga qilishga ruxsat etilmagan savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlarida (to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalar hamda marosimlar o‘tkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizasiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlari bundan mustasno) barcha uchun ko‘rinadigan joylarda joylashtirilishi lozim.

Unda alohida qayd etilishicha, bu belgilar havo kemalaridan boshqa barcha jamoat transportlarida o‘rnatiladi.

Tamaki mahsuloti iste’mol qilish mumkin emasligidan ogohlantiruvchi belgi ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida (tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar bundan mustasno) barcha uchun ko‘rinadigan joylarda joylashtirilishi lozim.

Bu belgi mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poezdlarda, daryo kemalarida (tamaki mahsulotini iste’mol qilish belgilanmagan joylarda), shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilarda hamda shahar elektr transportida barcha uchun ko‘rinadigan joylarda joylashtiriladi.

Tamaki mahsuloti uchun maxsus ajratilgan joy haqida axborot beruvchi belgi tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joyda (xonada) joylashtiriladi. Tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar korxona, muassasa, tashkilot rahbari, ish beruvchi yoki bino yoxud ob’ektlardan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etilishi mumkin.

Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’moli taqiqlanganidan ogohlantiruvchi matnli belgilarda, shuningdek, ushbu qoidabuzarlik uchun qo‘llaniladigan jarima miqdori va jarimaga asos bo‘ladigan ma’muriy huquqbuzarlik bandi keltiriladi.

Shunga ko‘ra, ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo sifatida jarima miqdori ham tasdiqlangan.

Endilikda, alkogol mahsuloti iste’mol qilish taqiqlangan joyda bundan mahsulotni iste’mol qilgan shaxsga birinchi martasida eng kam oylik ish haqining ½ miqdorida, ikkinchi martasida eng kam oylik ish haqining ½ miqdorida jarima yoki 15 kunga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin.

Tamaki mahsuloti iste’moli taqiqlanganligi qoidasiga amal qilmagan shaxsga eng kam oylik ish haqining 1/3 miqdorida jarima solish jazosi qo‘llaniladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 554
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar